Sahifangiz o‘zi ishlaydi
Kontentni siz tayyorlaysiz. Muqova, joylash, javob yozish va hisobotni tizim o‘z zimmasiga oladi.
Kimlar uchun: katta auditoriyali Instagram sahifalar, blogerlar, media loyihalar, do‘konlar va bir nechta sahifani yuritadigan SMM jamoalari.
-
Muqova (cover) generatori
Reels va postlar uchun muqovani sahifangiz uslubida o‘zi tayyorlaydi. Shrift, rang va logotip har safar bir xil, dizaynerni kutish shart emas.
-
Avtomatik post joylash
Postlarni oldindan yuklab qo‘yasiz, tizim belgilangan kun va soatda o‘zi joylaydi. Dam olish kuni ham, tunda ham.
-
Kommentlarga avtomatik javob
Narx, manzil, yetkazib berish kabi ko‘p beriladigan savollarga darhol javob yozadi. Mijoz kutib qolmaydi va raqobatchiga ketmaydi.
Sizning ish tartibingizga qarab ishlab chiqamiz.
Direct orqali mijoz yig‘ish
Kommentga kalit so‘z yozgan odamga Directda katalog yoki havola yuboradi, kontaktini bazaga saqlaydi.
Bitta kontent, barcha platformalar
Bir marta yuklangan video Instagram, Telegram, YouTube Shorts va TikTokka har birining formatida chiqadi.
Matn va kontent-reja
Post matni, sarlavha va heshteglarni sahifangiz ohangida tayyorlaydi, oylik reja tuzadi.
Reklama buyurtmalari boti
Reklama beruvchi narxni ko‘radi, bo‘sh vaqtni tanlaydi va buyurtma qoldiradi. Siz faqat tasdiqlaysiz.
Komment moderatsiyasi
Spam, haqorat va begona reklamani o‘zi yashiradi yoki o‘chiradi.
Statistika hisoboti
Qamrov, obunachilar o‘sishi va eng yaxshi postlar haqida haftalik hisobot Telegramingizga keladi.
Konkurs o‘tkazish
Shartlarni bajarganlarni tekshiradi va g‘olibni adolatli aniqlaydi.
Raqobatchilar kuzatuvi
Sohangizdagi sahifalarda nima yaxshi ishlayotganini kuzatadi va sizga qisqa xulosa yuboradi.
Telegram kanal: noldan o‘sishgacha
Istalgan mavzuda kanal yoki guruh ochamiz, qidiruvda ko‘rinadigan qilamiz va jonli auditoriya bilan o‘stiramiz.
Kanalingiz allaqachon bormi? Istalgan bosqichdan boshlaymiz.
- 1
Kanal yoki guruh ochamiz
Istalgan mavzuda. Nom, avatar, tavsif, ruknlar va kontent-reja bilan tayyor holda topshiramiz.
- 2
Global qidiruvga chiqaramiz
Telegram qidiruviga kalit so‘z yozgan odam kanalingizni natijalarda ko‘radi. Yangi odamlar sizni o‘zi topadi.
- 3
Jonli obunachilar qo‘shamiz
Kanalingizga haqiqiy, jonli foydalanuvchilar qo‘shiladi. Auditoriya bosqichma-bosqich o‘sib boradi.
- 4
Ko‘rishlar sonini oshiramiz
Har bir post ko‘proq odamga yetib boradi.
- 5
Reaksiyalarni ko‘paytiramiz
Postlar ostida faollik paydo bo‘ladi, kanal jonli va ishonchli ko‘rinadi.
Kanal ishini yengillashtiradigan tizimlar
Rejali avtopost
Bir nechta kanal va guruhga bitta joydan, belgilangan vaqtda post chiqadi.
To‘lovli yopiq kanal
To‘lov qilgan odamni kanalga o‘zi qo‘shadi, obuna muddati tugasa chiqaradi.
Guruh moderatsiyasi
Spam va begona reklamani o‘chiradi, yangi a’zolarni kutib oladi.
Kanal statistikasi
O‘sish, ko‘rishlar va eng yaxshi postlar bo‘yicha tayyor hisobot.
Istalgan turdagi bot
Bot mijoz bilan kecha-yu kunduz ishlaydi: buyurtma oladi, savolga javob beradi, to‘lov qabul qiladi va hech narsani unutmaydi.
Ro‘yxatda yo‘q bot kerakmi? Vazifani ayting, shunga mos bot quramiz.
Savdo boti
Katalog, savat, buyurtma va to‘lov Telegramning o‘zida.
Qabulga yozish boti
Klinika, salon va o‘quv markazlari uchun: bo‘sh vaqtni ko‘rsatadi, eslatma yuboradi.
Murojaatlar boti
Murojaatni qabul qiladi, mas’ul xodimga yetkazadi va javob berilishini nazorat qiladi.
AI yordamchi bot
Mijoz savollariga sun’iy intellekt yordamida, sizning ma’lumotlaringiz asosida javob beradi.
Yetkazib berish va taksi boti
Buyurtmani qabul qiladi va kuryer yoki haydovchilarga taqsimlaydi.
Anons va e’lon boti
Yangilik, anons va e’lonlarni tayyorlab, kanallarga o‘zi joylaydi.
Xodimlar uchun ichki bot
Kunlik hisobot, vazifalar va davomat bitta botda.
So‘rovnoma va test boti
Fikr yig‘adi, test o‘tkazadi, natijani jadvalga chiqaradi.
Kontent tez va sifatli tayyor bo‘ladi
Sahifa va kanalingiz uchun videolarni qisqa muddatda tayyorlaymiz. Rasmlarni esa sun’iy intellekt o‘zi chiqaradigan tizimga aylantiramiz.
-
Tez fursatda sifatli videolar
Reels, Shorts, reklama roliklari va kanal uchun videolar. Montaj, subtitr, grafika va ovoz bilan tayyor holda topshiramiz.
-
AI rasm generatsiyasi, tizim sifatida
Sun’iy intellekt bir xil uslubdagi rasmlarni so‘rov yoki jadval asosida o‘zi tayyorlaydi: anons, afisha, muqova, mahsulot rasmi.
Amaldagi namuna: football_anons botimizdagi AI imkoniyatlari.
Yana nimalarni tizimga solamiz
Uzun videodan qisqa lavhalar
Bitta uzun videodan bir nechta tayyor Reels va Shorts kesib beradi.
Video avtomontaj
Subtitr, logotip, kirish qismi va kerakli o‘lcham avtomatik qo‘shiladi.
AI ovozlashtirish va tarjima
Matndan ovoz, videoga subtitr va boshqa tilga tarjima.
Anons va afishalar oqimi
Ma’lumot kiritasiz, tayyor rasm chiqadi va kanalga o‘zi joylanadi.
Raqam bor, Telegram ham topiladi
Mijoz qo‘ng‘iroqqa javob bermadimi? Tizim uning telefon raqamiga ochilgan Telegram akkauntni topadi va operator suhbatni Telegramda davom ettiradi.
Kimlar uchun: call-markazlar, sotuv bo‘limlari, o‘quv markazlari, klinikalar va mijozlar bazasi bilan ishlaydigan har qanday jamoa.
- +998 90 ••• •• 17Telegram topildi
- +998 93 ••• •• 42Telegram topildi
- +998 97 ••• •• 08Topilmadi
- +998 99 ••• •• 65Telegram topildi
Tizim o‘z mijozlar bazangiz bilan ishlash uchun mo‘ljallangan.
- Bittalab yoki ro‘yxat bilan. Operator bitta raqamni tekshiradi yoki butun bazani fayl ko‘rinishida yuklaydi.
- Javob bermagan mijozga yetib borasiz. Qo‘ng‘iroq o‘tmagan raqamlar ro‘yxatda qolib ketmaydi.
- Operator vaqti tejaladi. Har bir raqamni qo‘lda kontaktga saqlab, Telegramdan qidirish shart emas.
- CRM bilan ulash mumkin. Natija mijoz kartasiga o‘zi yoziladi (buyurtma asosida).
Istalgan turdagi sayt
Bir sahifali landingdan internet-do‘kongacha. Tez ochiladi, telefonda qulay ishlaydi va uni o‘zingiz boshqara olasiz.
- Bir sahifali
Landing
Bitta mahsulot yoki xizmatni sotadigan sayt.
- Kompaniya uchun
Korporativ sayt
Xizmatlar, jamoa va aloqa ma’lumotlari bir joyda.
- Savdo uchun
Internet-do‘kon
Katalog, savat, buyurtma va onlayn to‘lov bilan.
- Mahsulot ko‘p bo‘lsa
Katalog va narxlar
Qidiruv, filtr va narxlar ro‘yxati.
- Mutaxassis uchun
Shaxsiy brend
Portfolio va yozilish sahifasi.
- Ichki tizim
Veb-ilova va kabinet
Mijozlar yoki xodimlar uchun shaxsiy kabinet.
Har bir saytda
- Telefon, planshet va kompyuterga moslashgan dizayn
- Qidiruv tizimlarida topilishi uchun sozlash (SEO)
- Matn va rasmlarni o‘zingiz almashtira oladigan boshqaruv paneli
- To‘lov tizimlari, Telegram bot va CRM bilan ulash
- Ishga tushgandan keyin texnik yordam